Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda 300 ming rupiydan ortiq summani naqd pul ko‘rinishida olgan kishilarga jarima solinadi
Hindiston hukumati joriy yilning 1 aprelidan har qanday bitim uchun 300 ming rupiydan ortiq (4,4 ming dollardan ziyod) summani naqd pul bilan hisoblashish jinoyat hisoblanadi va jarima bilan jazolanadi. Hindiston hukumati soliq va yig‘imlar bo‘yicha kotibi Xasmukx Adxianing xabar berishicha, jarima summasi olingan pullar summasiga teng bo‘ladi. NDTV telekanali shu haqida ma'lum qildi.
"Deylik, siz 400 ming rupiyni naqd pul ko‘rinishida oldingiz, demak jarima qiymati ham 400 ming rupiy bo‘ladi, agar 5 millionlik bitim bo‘lsa, xuddi shu miqdordagi jarima to‘lanadi. Jarima pullarni olgan kishiga solinadi - agar kimdir do‘konda qimmatbaho soat olsa va naqd pul bilan hisoblashsa, u holda do‘kon egasi jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi", - dedi Adxia.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday chora korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi chorasi o‘tgan yilning noyabrida yo‘lga qo‘yilgan siyosatning davomi hisoblanadi. O‘shanda eng ko‘p qo‘llanuvchi 500 va 1000 rupiylik kupyuralar muomaladan olib tashlangandi. Mamlakatda naqd pul yetishmovchiligi boshlandi, biroq hukumat bu korrupsiyaga qarshi kurashda yordam berishini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026