Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit halok bo‘ldi
Sankt-Peterburgdagi “Kresti-2” tergov izolyatori qurilishida O‘zbekistondan bo‘lgan quruvchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Rossiya OAVlari.
Qurilishda mehnat qilgan o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit ishlarni bajarish chog‘ida balandlikdan pastga qarab qulagan. U darhol kasalxonaga o‘ta og‘ir ahvolda yetkazildi. Yigitda ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i, bosh jarohati aniqlangan. Shaharning 33-raqamli Semashko nomidagi kasalxonasida bir necha soat davomida uning hayotini saqlab qolishga urinishdi, biroq u hushiga kelmay vafot etdi.
Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026
O‘zbekistonda moliyaviy jarimalar bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
08:52 / 02.04.2026