Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron yaqin kunlarda AQShga qarshi javob sanksiyalar ro‘yxatini chop etadi
Tehron yaqin kunlarda AQShning Eronga qarshi sanksiyalariga javob sanksiyalar ro‘yxatini chop etadi, deb ma'lum qildi 6 fevralda Eron tashqi ishlar vaziri Bahrom Qosimiy.
"Sanktsiyalar ro‘yxatiga IShID, "Al-Qoida" va boshqa terrorchilik tashkilotlari hamda Falastin xalqini tahqirlovchi tuzumni qo‘llab-quvvatlovchi AQShning bir qator tashkilotlari va jismoniy shaxslarini kiritamiz. Ro‘yxat deyarli tayyor, u yaqin kunlarda chop etiladi va ommaga tanishtiriladi", deb aytgan Qosimiy.
Qosimiy AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi aytgan so‘zlarini "tahdidli" va "dushmanona" ekanini, biroq bu gaplar Eronni uncha tashvishlantirmasligini aytgan. "Biz 30 yildan ortiq vaqt davomida AQShning turli hukumatlari bilan ish ko‘rganmiz va bunday yovgarchilikka ko‘nikib qolganmiz", deb aytgan vazir.
Avvalroq Tramp Eronni "birinchi raqamli terrorchi davlat" deb atagandi.
29 yanvarda Eron o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovini o‘tkazgan. Bunga javoban AQSh Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini 13 jismoniy shaxs va 12 ta kompaniyaga sanksiyalar kiritish bilan kengaytirgan.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026