09:09 / 07.02.2017
7531

Britaniya parlamenti mashhur yasama sochlardan voz kechmoqchi

Britaniya parlamentining jamoalar palatasi spikeri uch xodimi xizmat formasi o‘zgarishi haqida ma'lum qildi. Ular yig‘ilishlarda konstitutsiya talablari bajarilishini kuzatib turishadi. Endilikda ular 300 yil avval amalga kirilgan xizmat yasama sochlarini va kraxmallangan yoqalarni kiyib yurishga majbur emaslar. Bu haqda Bi-bi-si xabar berdi. 

Parlament quyi palatasi raisi Jon Berkouning so‘zlariga ko‘ra, davlat xizmatchilari formasi o‘zgarishiga “ularning hayratga soluvchi tashqi qiyofasi” sabab bo‘lgan. Berkou ilk bor jamoalar palatasi spikeri bo‘lgan 2009 yilda yasama sochdan voz kechdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bir qadar yengilliklarga qaramay, klerklar baribir uzun hakamlik mantiyalarini kiyib yurishadi – bu ular qonunni va parlament tartib-qoidalarini chuqur bilishlaridan darak berib turadi. Ular shuningdek parlament chaqiruvining ochilish marosimida an'anaviy kiyimni kiyadilar.

The Telegraph nashrining ta'kidlashicha, deputat Jyeykob Riz-Mogg spiker tomonidan taklif etilgan yangilikni qoralab, uni “razil modernistlar kun tartibi” deb atagan. Riz-Mogg shuningdek yasama sochlar tufayli boshlar qichishi haqidagi bayonotni ham yolg‘on degan.

Mansabdorlar yasama sochlar jiddiy insonlar obrazini yaratgani haqidagi fikrlarga qo‘shilganlar. Ularning ta'kidlashicha, palata kelib chiqishi har xil bo‘lgan kishilarni jalb qilishga harakat qilmoqda, biroq o‘zi hamon eskicha ko‘rinishga ega. Shuning uchun klerklar spiker qaroriga qarshilik bildirishmadi va 18-asrda amalga kiritilgan yasama sochlardan voz kechishdi.

Britaniya parlamenti ko‘plab an'analari bilan mashhur. Ulardan biri ovoz berish yo‘laklaridir. Deputatlar qandaydir qonun loyihasini qabul qilishda o‘rnilaridan turib, “ha” va “yo‘q” javobini bildiruvchi ikki yo‘lak bo‘ylab yurishadi. Shu tariqa yo‘lak bo‘ylab kelgan insonlarga soniga ko‘ra natija hisoblab chiqiladi.

Mavzuga oid
Top