23:52 / 07.02.2017
28248

"Daraxt-odam sindromi" aniqlangan qiz muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Foto:EPA

Bangladeshlik shifokorlar seshanba kuni "daraxt-odam sindromi"dan aziyat chekayotgan qizning terisidan qobiqlarni olib tashlash bo‘yicha operatsiyani amalga oshirishdi. Bu haqida DailySabah nashrida xabar berildi

Shifokorlar 10 yoshli bemorning Dakkadagi tibbiy maskandan bir necha haftada chiqishini aytishdi. Uning quloqlari, dahani va burnidagi o‘simtalarni olib tashlash operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tgan. 

Sahana Xatunni bepul davolovchi jarrohlar uning "daraxt-odam sindromi" nomi bilan tanilgan serso‘gal  epidermodisplaziyadan aziyat chekuvchi yagona ayol bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. 

"Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Biz uning yuzidagi so‘gallarni olib tashladik. Bir necha hafta ichida uni shifoxonadan chiqarishga umid qilamiz", - dedi klinikaning plastik jarrohlik bo‘limi rahbari Samanta Lal Sena.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qizda ushbu kasallikning erta bosqichi bo‘lgan. Shu bois u yana bir operatsiyaga hojat qolmasligiga umid qildi. 

Xatunning otasi Muhammad Shohjahon  yangilikdan behad shodiligini ma'lum qildi. 

"Shifokorlar Sahana yaqin orada sog‘ayib ketishini aytishdi. Men uni uyga olib ketish va yana maktabga jo‘natishni kutib qolaman", - dedi u.

Top