Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostona shahrining chegaralari o‘zgarishi ma'lum qilindi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona shahrining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida farmon berdi. Bu haqida Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident saytida shunga muvofiq farmon matni berilgan.
"Qozog‘iston Respublikasi Qonunining "Qozog‘iston Respublikasining ma'muriy-hududiy joylashuvi to‘g‘risida"gi 9-moddasiga muvofiq:
1. Ostona shahrining chegaralari o‘zgartirilsin, joriy farmon ilovasiga ko‘ra Oqmo‘la viloyati Tselinograd tumanining umumiy maydoni 8 719 gektar bo‘lgan qismini uning tarkibiga kiritilsin.
2. Farmon chop etilgan kundan boshlab rasman kuchga kiradi".

Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026