Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kit oshqozonidan chiqqan narsalar dunyo okeanlarining qay darajada ifloslanganini isbotladi
Norvegiyalik olimlar kitsimonlar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvon Ziphius cavirostris yordamida dunyo okeani qanchalik ifloslanganini isbotlashdi. Kyuve kiti dengizdagi sayozlikka chiqib, insonlarning sa'y-harakatlariga qaramay, suvga qaytmagan va halok bo‘lgan. Kit yorib ko‘rilganda, uning oshqozonidan chiqqan narsalar internet tarmog‘ida tobora mashhurlashib ketmoqda. Shu paytgacha unga “yoqdi” tugmachasini bosganlar soni 13 mingdan oshgan, 600dan ortiq odam izoh qoldirgan.
Aytish joizki, dengiz va okeanlarning turli xil chiqindilar bilan ifloslanganligi zamonaviy muammolardan biri hisoblanadi. BMT ma'lumotiga ko‘ra, yirik suv havzalariga yiliga tonnalab plastik chiqindilar tashlanadi.

Olim Tere Lislevandning qayd etishicha, hozirda odamlar suv havzalarini ulkan chiqindi qopi sifatida baholashmoqda. Foydalanuvchilar suratni tarqatish bilan insonlar e'tiborini kech bo‘lmasdan va fojiaga aylanmasdan avvalroq ushbu muammoga qaratishni xohlashgan.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026