Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh noimmigratsion vizalariga murojaat qilish tartibida o‘zgarishlar ro‘y berdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining noimmigratsiya vizalariga murojaat qilish tartibida o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Facebook sahifasida. Unga ko‘ra, 2017 yil 8 fevral sanasidan e'tiboran “Suhbatsiz Murojaat Etish dasturi” doirasida noimmigratsion vizalarga murojaat etish jarayonlarida o‘zgarishlar ro‘y bergan.
Sahifada joylashtirilgan e'londa shunday deyiladi:
““Suhbatsiz Murojaat Etish dasturi” doirasida noimmigratsion vizalarga murojaat etish jarayonlarida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bugundan e'tiboran, “Suhbatsiz Murojaat Etish dasturi” doirasida vizaga murojaat etmoqchi bo‘lsangiz, siz [email protected] manziliga elektron pochta orqali xat yozishingiz kerak.
Xatingizda quyidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart:
• Murojaat etuvchining to‘liq ism-familiyasi;
• Murojaat etuvchining pasport raqami va anketasining tasdiqlov raqami;
• So‘nggi AQSh vizasining amal qilish muddati tugagan sana”.
Mavzuga oid
08:23 / 04.05.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
07:31 / 04.05.2026
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
20:29 / 03.05.2026
O‘zbekistonliklar AQShda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlashga yuboriladi
17:31 / 03.05.2026