Tramp inauguratsiyasi AQShga aviachiptalar talabini kamaytirdi
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasidan so‘ng, dunyo mamlakatlarida Amerikaga tijoriy parvozlar uchun talab keskin qisqargan. Bunga Trampning migratsiyaga qarshi farmoni ham salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Ekspertlarning fikricha, sayyohlar, Amerika nafaqat qochqinlar, balki hamma uchun yopilmoqda, degan qarorga kelgan.
Bunda Rossiya bilan bog‘liq holat aksincha ko‘rinish olmoqda. Agar Barak Obama davrida Rossiyadan AQShga aviachiptalarga bo‘lgan talab haftasiga 387 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, endilikda, bu raqam 730 mingtagacha yetgan.
Biroq, tahlilchilar rossiyaliklarning AQShga safar qilishga qiziqishlari ortishiga nima sabab bo‘lganini ayta olishmayapti.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Amerika yetakchisining immigratsiya farmoni vizalarni taqdim etish qoidasini ham o‘zgartirgan. Xususan, birinchi vizadan so‘ng 48 oy ichida qayta viza olish uchun suhbatdan o‘tmaslik mumkin edi. Endi bu muddat 12 oygacha qisqartirilgan.
Mavzuga oid
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
21:19 / 01.10.2024
Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishi mumkin – OAV
20:41 / 01.10.2024
AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshga to‘ldi
09:50 / 01.10.2024