09:37 / 09.02.2017
4358

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati rahbarlari o‘z lavozimlaridan ketkazildi

Foto: RIA

Braziliya sudi mamlakatning yirikligi bo‘yicha uchinchi shtati hisoblanuvchi Rio-de-Janeyro shtatining gubernatori hamda uning o‘rinbosarining o‘z lavozimlaridan ketishlari haqida hukm chiqardi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Ma'lum qilinishicha, shtat gubernatori Luish Fernandu Pezan, vitse-gubernator Frantsisku Durnelesh va ularning ma'muriyati o‘zlarining 2014 yildagi saylov kampaniyalari moliyalashtirilishi evaziga ba'zi kompaniyalarga davlat shartnomalarini berganlar. O‘shandagi saylovlarda Pezan shtat gubernatori sifatida ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ygan.

Ta'kidlanishicha, Pezan va Durnelesh sud hukmi ustidan shikoyat qilishlari mumkin.

15 mln aholiga ega Rio-de-Janeyro shtati yirikligi bo‘yicha Braziliyaning San-Paulu va Minas-Jyerays shtatlaridan keyingi o‘rinda turadi.

Mavzuga oid
Top