O‘zbekiston | 11:51 / 09.02.2017
24620
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston bu yil chegara bo‘yicha barcha masalalarni hal etadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha barcha masalalarni joriy yilda hal etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘istonning Toshkentdagi elchisi Yerik Utemboyev xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun mamlakatlar o‘rtasida bu masala bo‘yicha hech qanday muammolar yo‘q, faqatgina ma'lum bir vaqtni talab qiluvchi kelishuvlarga erishish bosqichlari qolgan, xolos.

"O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralarni demarkatsiya qilish masalasida o‘zaro munosabatlarning eng yaxshi modelini namoyish etishdi. Biz bu masalada juda ilgarilab ketdik va yaqin orada bu majmuani yakunlashga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Bizda Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida o‘zaro tutashgan nuqta bor. O‘ylashimcha, biz joriy yilda barcha jarayonlarni yakunlaymiz", - deya ta'kidlab o‘tdi qozoq diplomati.

Mamlakatlar chegaralarni demarkatsiya qilish bo‘yicha maxsus ishlab chiqilgan reja doirasida ishlamoqda. Toshkentga bir qancha muddat ilgari tashrif buyurgan qozoq delegatsiyasi bu yo‘nalish bo‘yicha bir qancha masalalarni muhokama qildi.

"Bu masalada katta olg‘a siljish bor, faqatgina texnik kelishuvlarga erishish qoldi", - deya ta'kidlab o‘tdi Utemboyev.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara masofasi 2,1 ming kilometrdan ko‘proqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid