O‘zbekiston | 00:01 / 09.02.2017
7448
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Kuvayt fan sohasida hamkorlik qiladi

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

Rasmiy tashrif bilan Kuvaytda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 8 fevral kuni Kuvayt bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Saboh al-Xolid al-Hamad as-Saboh bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi doirasidagi muzokaralarda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibdagi bir qator masalalari yuzasidan batafsil fikr almashilgan.

«Abdulaziz Komilov Kuvayt TIV rahbarini o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif qildi», — deyiladi TIV axborotida.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim, diplomatik pasport egalarining o‘zaro vizasiz safarlari to‘g‘risida Bitim hamda O‘zbekiston hukumati va Kuvaytning arab iqtisodiy taraqqiyot fondi (KAITF) o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

«Mazkur Memorandum umumiy qiymati 60 million dollar bo‘lgan ijtimoiy loyihalarni kelgusi yillarda moliyalashtirishda KAITFning ishtiroki ko‘zda tutadi», — deyiladi TIV axborotida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid