Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi harakati provokatsiya ekanini aytdi
NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi xatti-harakati beqaror vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Alyans tomonidan Rossiya chegaralariga yaqin hududlarda olib borilayotgan harakatlar provokatsion xarakterga ega bo‘lib, beqaror vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin. Bu Polsha hamda Boltiqbo‘yida blokning qo‘shimcha harbiy kontingentlarini joylashtirishga ham aloqador. Shuningdek, Sharqiy Yevropadagi boshqa ittifoqdoshlar, xususan, Bolgariya va Ruminiya hududlarida shunday ishlarni amalga oshirish imkoniyati haqida muhokamalar olib borilmoqda”, - deya ma'lum qildi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, provokatsion harakatlarga “blokning alohida a'zo-davlatlari tomonidan qurolli kuchlar modernizatsiyasi va yangi harbiy infratuzilmalar qurish hamda Rossiya chegaralari yaqinida NATO mashqlari qamrovining ko‘payishi” ham kiradi.
“Alohida tashvishga Yevropada AQSh raketalarga qarshi mudofaa tizimi qurilayotgani sabab bo‘lmoqda. U Rossiyaga qarshi qaratilgani hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Shu tariqa, NATOning Rossiyani “bosib turish” bo‘yicha “eskicha yangi” harakati ishonchsizlik va Yevropa mintaqasidagi kuchlar nisbatiga talofot yetkazadi”, - deya ta'kidlab o‘tdi Lavrov.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026