Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari Hindiston va Pokistondagi hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazdi
AQShning yangi mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Hindiston va Pokistonning harbiy rahbariyati bilan o‘zining ilk muzokaralarini o‘tkazdi. U Pentagon ikkala mamlakat bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekaniga suhbatdoshlarini ishontirgan.
Pokiston armiyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Mettis Pokiston armiyasi bosh shtabi rahbari, general Qamar Javid Badjva bilan 20 daqiqalik telefon muloqoti o‘tkazgan.
"Mettis Pokiston xalqi va qurolli kuchlari berayotgan qurbonlar va ko‘rsatayotgan bardoshni e'tirof etib, Pokiston armiyasining terrorizm balosiga qarshi kurashdagi rolini yuqori baholagan. Tomonlar mintaqadagi tinchlik va barqarorlik bo‘yicha umumiy maqsadlarga sodiqliklarini tasdiqlashgan hamda buning uchun zaruriy choralarni muhokama qilishgan", — deyiladi xabarda.
Shu kuni, Hindiston mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, mudofaa ma'muriyati rahbari Manoxar Parrikar amerikalik hamkasbi Jyeyms Mettis bilan muzokara o‘tkazgan.
"Mudofaa vaziri va Pentagon rahbari Mettis Hindiston va AQShning mudofaa sohasidagi hamkorligidan qoniqish izhor qilishgan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda, mintaqaviy va global miqyosdagi hamkorlik rivojlanmoqda. Ular tomonlarning ushbu munosabatlarga muhim ahamiyat berayotganlarini qayd etib, kelgusida bu hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga kelishib olishdi", — deyiladi Hindiston mudofaa vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
02:10 / 25.01.2026
Hindistonda epidemiyaga aylanishi mumkin bo‘lgan bedavo virus tarqalmoqda
01:00 / 25.01.2026
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026