Jahon | 00:05 / 10.02.2017
7373
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha farmonlar imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp 9 fevralda AQSh telekanallarining jonli efirida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha 3 ta farmon imzoladi.

Birinchi farmonda transmilliy jinoyatchi guruhlarga qarshi kurash, ikkinchisida – AQShdagi jinoyatchilikka qarshi kurash va uchinchisida AQSh huquq-tartibot muassasalari xodimlariga qarshi zo‘ravonlikning oldini kuchliroq olish choralari ko‘zda tutilgan. 

Tramp farmonlarni imzolayotganda "Men adliya va ichki xavfsizlik vazirliklariga mamlakatimiz bo‘ylab tarqab ketgan va bizning yoshlarimiz va boshqalarning hayotini barbod qilayotgan jinoyatchi kartellarning belini sindirish uchun barcha zarur va qonuniy choralar ko‘rishlariga buyruq beraman" deb aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid