00:29 / 11.02.2017
12359

AQSh Rossiyani toliblarga qurol yetkazib berishda ayblashi uning Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizliklarini yashirmaydi

AQSh va NATOning Afg‘onistondagi kuchlari qo‘mondonining Rossiyani u go‘yoki afg‘on toliblariga qurol-aslaha yetkazib berishda ayblashi AQShning Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizliklarida Rossiyani ayblashga urinishni eslatib yuboradi, deb aytildi Rossiya tashqi ishlar vazirligi bergan izohda.  

"Buning barchasi AQShning Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizlarida Rossiyani befoyda ayblashga urinishlarga juda o‘xshab ketmoqda. Vashingtonda bu bilan ma'lum doiralarda siyosiy ochkolar yig‘ish mumkindir va yordam berar, biroq Afg‘onistondagi xavfsizlik borasidagi ayanchli vaziyatni yaxshilamaydi", deyilgan hujjatda.

Mavzuga oid
Top