Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina o‘z yerlarini berib qo‘ymaydi – Zelenskiy
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi hujjat tayyor bo‘lgan. AQShdan uni imzolash sanasi va joyi haqida xabar kutilmoqda.
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralarda muammoli masalalar juda ko‘p, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Zelenskiy hududlar bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘z yerlarini berib qo‘ymaydi va murosa yo‘lini topish zarur.
«Xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi hujjat 100 foiz tayyor, AQShdan uni imzolash sanasi va joyi haqida xabar kutyapmiz», — dedi Ukraina prezidenti.
Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarida Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda Amerika tomoni nizoni bartaraf qilish va zarur xavfsizlik shartlari parametrlarini tasdiqlashning ehtimoliy shakllari to‘g‘risidagi masalani ko‘targan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026