Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
NYP xabariga ko‘ra, ushbu qurol ta’siriga tushganlarning burnidan qon kelgan, ko‘ngli aynigan va holsizlanib qolishgan.
AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni o‘g‘irlab ketish chog‘ida qo‘llagan “sirli qurol” intensiv tovush to‘lqiniga o‘xshaydi, deb yozadi New York Post.
"Ular nimanidir ishga tushirishdi, buni qanday tasvirlashni bilmayman. U intensiv tovush to‘lqiniga o‘xshardi. Birdan boshim yorilib ketayotgandek bo‘ldi", — degan nashr suhbatlashgan guvohlardan biri.
Bundan tashqari, NYP xabariga ko‘ra, ushbu qurol ta’siriga tushganlarning burnidan qon kelgan, ko‘ngli aynigan va holsizlanib qolishgan.
"Biz yerga yiqildik, qimirlashga majolimiz qolmadi. Ushbu tovushli quroldan keyin o‘rnimizdan turolmay qoldik", — degan guvoh.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp New York Post nashriga bergan intervyusida amerikalik harbiylar Venesuelada sirli quroldan foydalanishganini aytgan, uni "diskombobulyator" deb atagandi.
3 yanvar kuni AQSh Venesuela poytaxti Karakasga zarbalar berdi hamda prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasini mamlakatdan olib chiqib ketdi. Ular hozirda Bruklindagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026