Jahon | 13:47 / 11.02.2017
8939
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukrainada yangi raketa quroli ishlab chiqilgani haqida ma'lum qildi

Foto: EPA

“Ukroboronprom” konserni Ukraina qurolli kuchlarining havo kuchlari uchun yangi raketa qurolini ishlab chiqdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko shanba kuni ma'lum qildi.

“Ukroboronprom” Ukraina harbiy-havo kuchlari uchun yangi raketa qurolini ishlab chiqdi. 57 millimetrlik kalibrga ega raketalar yer usti nishonlariga zarba berishga mo‘ljallangan bo‘lib, vertolyot va samolyotlarni qurollantirish maqsadida loyihalashtirilgan", - deya yozdi Poroshenko Facebook’da.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar davomida “20ta raketadan iborat blokni uchirish uchun atigi yarim soniya talab etilishi” ma'lum bo‘lgan.

Mamlakat hukumati Ukraina armiyasini qurollantirish fonida bir necha bor NATO standartlariga o‘tilishi va mashqlar o‘tkazilishi haqida ma'lum qilgan. Mudofaa vazirligi vakili Dmitriy Gutsulyak 10 fevral kuni Ukraina Xerson viloyatidagi “Yagorlik” poligonida “Buk-M1” zenit raketa majmualaridan jangovar mashqlar o‘tkazishini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, alohida radiolokatsiya vzvodlari va Ukraina qurolli kuchlarining havo kuchlari radioelektron texnika xizmati har oyda shunday mashqlar o‘tkazib boradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid