Jahon | 22:08 / 12.02.2017
8256
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri yevroni "siyosiy qurol" deb atadi

Fransiyaning "Milliy front" partiyasi raisi Marin Le Pen mamlakatda bahorda o‘tadigan prezidentlik saylovlarida yutadigan bo‘lsa, Yevropaning yagoni pul birligi – yevrodan voz kechmoqchi va fransuz frankiga qaytmoqchi.

Siyosatchining fikricha, yevro pul birligi "davlatlarni suverenitetidan mahrum qiluvchi va xalqlarni o‘ziga qaram qilishga xizmat qiluvchi siyosiy qurol" hisoblanadi.

Le Penning ta'kidlashicha, yevrohududdan (yevro pul birligi joriy qilingan hudud) chiqishga faqat yirik kompaniyalar qarshi chiqmoqdalar. "Tanho yirik kompaniyalar yevrodan chiqishga qarshi chiqmoqdalar, chunki haqiqatda tanho ular yagona valyuta foydali bo‘lganlar hisoblanadilar", deb aytgan siyosatchi Europe 1 radiostansiyasi efirida.

Italiyada ham yevrodan voz kechish haqida o‘ylanmoqda. Misol uchun, o‘tgan yilning noyabrida Italiya parlamenti quyi palatasi raisi o‘rinbosari Luiji Di Mayo mamlakatda yevrodan voz kechish bo‘yicha referendum o‘tkazish kerakligini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid