Jahon | 12:18 / 12.02.2017
17989
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy raketa uchirishda davom etayotgan KXDRga nisbatan javob choralarini ko‘radi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti ma'muriyati KXDR yana bir bor ballistik raketa uchirganiga javoban to‘la spektrda javob choralari qo‘llashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Amerika tomoni Pxenyan bilan munosabatlarda yangi sanksiyalar qo‘llamoqchi, shuningdek, Koreya yarimorolidagi amerikalik harbiylar soni oshiriladi.

Oq uydagilar KXDRning AQShga Donald Tramp yangi prezident bo‘lishidan keyingi bayonotlarini «ig‘vogarona» deb atagan.

«Bu syurpriz bo‘lgani yo‘q. Shimol koreyslari rahbari [Kim Chen In - tahr.] bunday vaziyatlarda e'tiborni o‘ziga qaratishni xush ko‘radi», — degan amerikaliklar prezidenti ma'muriyatining nomi oshkor etilmagan a'zosi.

Bundan tashqari, Oq uyda KXDRni qo‘llab turgan Xitoyga bosim o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, Tramp «Pekin bu borada tegishli ishlar amalga oshirmayotgani»ni qayd etib o‘tgan.

Bundan oldinroq, Janubiy Koreya va Yaponiya KXDRning yana bir bor ballistik raketa uchirishini qoralab chiqqani, janubliklar Milliy xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazgani haqida xabarlar berilgandi.

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid