Jahon | 20:07 / 12.02.2017
22767
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda prezidentlik saylovida ovoz berish yakunlandi, davomat - qariyb maksimal darajada

© AP Photo

Turkmanistonda mahalliy vaqt bilan soat 19:00da (Toshkent vaqti bilan ham - tahr.) respublika prezidentligi uchun saylovda ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Endilikda saylov komissiyasi ovozlarni hisoblashni boshlaydi.

MSK ma'lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 17:00da saylov uchastkalariga 3 million 4 ming 779 kishi, yoki umumiy saylovchilarning 94,17 foizi kelgandi. Yakuniy davomat esa 97,27 foizni tashkil qildi.

Saylov uchaskalari ertalabki soat 07:00da ochildi, ovoz berish Turkmanistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari va konsullik muassasalarida ham bo‘lib o‘tdi.

Turkmaniston prezidenti lavozimiga 9 kishi, jumladan amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhammedov ham da'vogarlik qilmoqda. 

Saylov jarayonini mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar kuzatib borishdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid