Jahon | 11:06 / 13.02.2017
30419
1 daqiqa o‘qiladi

Gurbanguli Berdimuxamedov deyarli 100 foiz ovoz olib, Turkmaniston prezidentligiga qayta saylandi

Turkmanistonning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuxamedov respublika prezidenti etib uchinchi bor qayta saylandi. U 97,69 foiz ovozlarni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mamlakat markaziy saylov komissiyasi raisiga asosan.

Avvalroq Turkmanistonda saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiya yakshanba kuni mamlakat prezidenti uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda Turkmanistonning 97,27 foiz fuqarolari qatnashganini xabar berdi. 

Saylovda Berdimuxamedovdan tashqari, Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasidan Bekmirat Ataliyev, Agrar partiyadan Durdiqilich O‘razov va nomzodi fuqarolarning tashabbuskor guruhlaridan ilgari surilgan 6 kishi da'vogarlik qilgandi.

59 yoshli Gurbanguli Berdimuhamedov 2007 yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lib kelmoqda. 2012 yili u ikkinchi marta 5 yillik muddatga saylangan edi.

Turkmanistonda 2016 yil sentabrida konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilindi. Unga ko‘ra, prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilgacha uzaytirildi.

Mavzuga oid