Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tgan yili O‘zbekistonda o‘smirlar ishtirokida 1444ta YTH sodir bo‘ldi
2016 yili O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar ishtirokida 1444ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB inspektori, kapitan Akmal Yunusov ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rilayotgan barcha choralarga qaramay, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni yuqoriligicha qolmoqda.
"Tizimli ravishda olib borilayotgan ishlar natijasida YTH soni kamaymoqda. Shunga qaramay, bu kabi hodisalarda o‘lim holatlari qayd etilishi kamaygani yo‘q. Bu esa, o‘tkazilayotgan profilaktika ishlarini tubdan yaxshilashni talab etadi", – deb qayd etgan Yunusov.
Inspektorning aytishicha, YHXBB xodimlari vaziyatni o‘nglash maqsadida har haftaning payshanba kunlari maktablar, litseylar, kollejlar va oliy ta'lim muassasalariga tashrif buyuradi va yo‘l harakati xavfsizligi, yoshlar o‘rtasida qoidabuzarliklarni oldini olish borasida suhbatlar o‘tkaziladi.
Bu jarayonga ota-onalar, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha ta'lim maskanlari hamda diniy idoralar vakillarini jalb etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:30 / 08.02.2026
Nyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026