O‘zbekiston | 21:38 / 13.02.2017
6361
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchisi Kuvayt amiriga ishonch yorlig‘ini topshirdi

O‘zbekistonning Kuvaytdagi favqulodda va muxtor elchisi Bahromjon A'loyev Kuvayt amiri shayx Saboh al-Jobir al-Ahmad Sabohga ishonch yorliqlarini topshirdi. 

Marosimda amir O‘zbekiston Kuvaytning mintaqadagi ishonchli va istiqbolli hamkori ekanini qayd etib o‘tgan. U O‘zbekiston va Kuvayt munosabatlarini barcha yo‘nalishlarda yangi bosqichga olib chiqishda harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirib o‘tgan.

Kuvayt rahbari shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Komilovning 7-10 fevral kunlari davomida ushbu mamlakatga tashrifi ikki davlat munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etganini ta'kidlagan. Komilov o‘z safari vaqtida amir bilan uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlarning, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsion sohalardagi aloqalarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgandi.

Mavzuga oid