Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning sharqiy qirg‘og‘i yaqinida rossiyaliklar harbiy kemasini payqashdi
Rossiyaning «Viktor Leonov» harbiy kemasi AQShning sharqiy qirg‘og‘ida kezib yurganida payqashgan. Bu haqda amerikalik amaldorlarga asoslangan holda Fox News telekanali xabar tarqatdi.
Xabar qilinishicha, Rossiya harbiy-dengiz flotining razvedka ishlarini amalga oshiruvchi «Viktor Leonov» kemasi AQShda Donald Tramp prezidentlik boshlaganidan buyon bu mamlakatning sharqiy qirg‘og‘ida suza boshlagan.
Ushbu kema «yer-havo» tipidagi raketalar majmuasi, gidrolokator, shuningdek, signallarni tutuvchi SIGNIT tizimi bilan jihozlangan.
Ayni vaqtda harbiy kema xalqaro suvlarda, Delaver shtati qirg‘oqlaridan 70 mil masofada turibdi. Uni amerikaliklar kreyserlari qo‘riqlamayapti.
Oxirgi marta rossiyaliklarning harbiy razvedka kemasi, 2015 yili Kuba va Amerika muzokaralari boshlanishidan bir kun oldin ogohlantirishsiz Havana portiga langar tashlagandi.
Mavzuga oid
12:07 / 23.04.2026
MIVD: Moskva NATOni mag‘lub etishni emas, bo‘lishni ko‘zlayapti
14:18 / 17.03.2026
Polsha yana bir Rossiya razvedka samolyotini to‘xtatib qoldi
20:32 / 08.03.2026
AQSh Rossiyadan Eronga razvedka ma’lumotlarini bermaslikni so‘radi
22:06 / 06.03.2026