Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Yaxshigina" kashanda bo‘lgan Chexiya prezidenti jamoat joylarida chekishni taqiqlovchi qonunni imzoladi
Chexiya prezidenti Milosh Zeman 14 fevralda jamoat joylarida chekishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Hukumat tomonidan tayyorlangan va parlamentning ikkala palatasi tomondan ma'qullangan qonun 31 maydan kuchga kiradi, deb xabar bermoqda Chexiya televideniyesi.
"Prezident avval bu qonunni tanqid qilib, "be'mani" deb atagandi. Biroq u jurnalistlarga qonunga taqiqlov qo‘ymasligini, chunki bunday holatda manfaatlar ziddiyati yuzaga kelishi mumkinligini aytgan, chunki Zemanning o‘zi yaxshigina kashanda", deyilgan xabarda.
Yangi qonunga ko‘ra, jamoat joylarida hamda qisman shahar transporti bekatlarida chekish taqiqlanadi. Maktablar, shifoxonalar va savdo markazlarida elektron sigaretlar chekish taqiqlanadi. Bundan tashqari, bolalar va sport muassasalari yaqinida sigaret, jumladan elektron sigaret, spirtli ichimliklar sotish ham taqiqlanadi.
Qonun shu bilan birga bu qoidalarni buzganlik uchun jazolar kuchaytirilishini belgilaydi. Jumladan, 18 yoshga to‘lmagan bolalarga sigaret sotganlik uchun savdo muassasasi rahbari 2 mln kron (80 ming dollargacha) jarimaga tortilishi mumkin.
Yana bir ashaddiy kashanda – parlamentning yuqori palatasi rahbari o‘rinbosari Yaroslav Kubera esa yangi qonun ustidan Konstitutsion sudga shikoyat qilmoqchi.