Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qurolli qo‘zg‘olonga tayyorlanishda gumon qilinib, 834 kishi qo‘lga olindi
Turkiya politsiyasi 12-13 iyun kunlari davomida Kurdiston ishchilar partiyasiga aloqador 834 kishini qo‘lga olgan. Reuters agentligi hukumatdagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, ular qurolli isyon ko‘tarishda gumon qilingan.
Politsiya bo‘linmalari mamlakatning 37 viloyatida qo‘qqisdan amaliyot o‘tkazgan. Hukumat kuchlari faollashuviga kurdlar 15 fevral kuni ommaviy ravishda hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishni rejalashtirgani to‘g‘risida olingan ma'lumot sabab bo‘lgan.
Reydlar davomida ikkita Kalashnikov avtomati, 11ta to‘pponcha, 15ta miltiq va ko‘plab o‘q-dori musodara qilingan. Kurdlar tashkiloti ma'lum qildiki, politsiya amaliyoti konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumdan oldin kurdlarni kuchsizlantirishga qaratilgan.
2017 yilning yanvarida Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Ishik Tramp boshchiligidagi yangi ma'muriyat Suriya kurdlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishiga umid qilishini aytgangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:09 / 10.03.2026
Quruqlikdan bosqin ehtimoli: Eron bunga qanchalik tayyor?
19:10 / 04.03.2026
CNN: AQSh ma’muriyati Erondagi kurdlardan rejimga qarshi foydalanmoqchi
10:04 / 31.01.2026