Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘sh-Moskva samolyoti yo‘lovchilardan biri tufayli favqulodda qo‘ndi
Foto: Sputnik
Qirg‘izistonning Manas aeroportida Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i bilan bog‘liq, deb xabar berdi TASS aeroport matbuot kotibi Aliya Qurbonovaga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘shdan Moskvaga parvoz qilayotgan samolyot havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan.
«Bortdagi ayollardan biri o‘zini yomon his etdi. U ilk bor samolyotga chiqqan ekan. Ekipaj bunday vaziyatda aeroportga qaytish haqida qaror qabul qildi», - dedi Qurbonova.
Ta'kidlanishicha, ayol aeroport tibbiy xizmatchilari tomonidan qabul qilib olingach, havo kemasi parvozni davom ettirgan.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
22:18 / 25.04.2026