Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Orol" neft-gaz loyihasi iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq deb topildi
O‘zbekistonning Orol dengizi suv hududida 10 yildan beri geologorazvedka ishlarini olib borgan xalqaro konsorsium ushbu loyihani iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq deb topib, qidirish ishlarini tugatdi.
Aral Sea Operating Company qo‘shma korxonasi ishtirokchilari 2017 yil 1 yanvardan ko‘ngilli tarzda tugatilish haqida qaror qabul qilishdi.
2005 yilda "O‘zbekneftegaz", "LUKOYL", Malayziyaning Petronas, Janubiy Koreyaning KNOC va Xitoyning CNPC kompaniyalari "Orol" loyihasini amalga oshirish uchun teng miqdordagi ulush (20 foiz) bilan konsorsium yaratishgan. 2006 yilda Petronas va KNOC loyihadan chiqib ketishgan, ularning ulushlari esa konsorsiumning qolgan ishtirokchilari orasida teng taqsimlangan.
Orol bloki bo‘yicha mahsulotni taqsimlash haqidagi kelishuv 2006 yilda imzolangan va 2 qismdan iborat bo‘lgan.
Shartnomada ko‘rsatilgan hududda 6 ta istiqbolli strukturalar aniqlangan, ulardan biri – G‘arbiy Orol ochilib, undagi gaz zaxiralari 11 mlrd kub metrga baholangan. Loyihaga investitsiyalar miqdori 200 mln dollarga yaqinni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026