Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF bosh vazir o‘rinbosari o‘zbek hamkasblarini Rossiyadagi muhim tadbirlarga taklif qildi
15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumat raisi o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Kozak mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning aprel oyi boshida kutilayotgan tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga yangicha nafas bag‘ishlashini ta'kidladi.
Tadbirda qatnashgan "Kun" muxbirining ma'lum qilishicha, D.Kozak o‘zbekistonlik ishbilarmonlarni Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan bir qator muhim tadbirlarga taklif qilgan.
"O‘zbek hamkorlarimizni 27-28 fevral kunlari Sochida bo‘lib o‘tadigan Rossiya investitsiya forumi, 17 martda Moskvada bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlarining Xalqaro iqtisodiy forumi, 1-3 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Peterburg iqtisodiy forumiga taklif qilib qolaman. Umid qilamanki, ushbu forumlar o‘zbekistonlik va rossiyalik ishbilarmonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga imkon beradi", - dedi Rossiya Federatsiyasi bosh vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
19:33 / 25.02.2026
O‘zbekiston va “Traxys Group” o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
14:02 / 26.12.2025
O‘zbekiston asosiy xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi
11:40 / 26.12.2025
Prezident: “Sharq va G‘arb o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini quryapmiz”
15:58 / 25.12.2025