O‘zbekiston | 15:40 / 15.02.2017
27202
2 daqiqa o‘qiladi

Rustam Azimov O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi bo‘yicha bayonnomani imzoladi

Foto: Kun.uz

15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning o‘n sakkizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

Tadbir doirasida tomonlar ma'lumotlar almashishdi va 2016 yilning 25 mart kuni Moskva shahrida o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiyaning o‘n yettinchi majlisi bayonnomasidagi qarorlarning ijrosi muhokama qilindi. Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning istiqbollari, huquqiy asosni yanada mustahkamlash, shuningdek, transport, ilm-fan sohasi, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuv so‘ngida o‘n sakkizinchi majlis yakuniga ko‘ra ikki mamlakat o‘rtasida bayonnoma imzolash marosimi o‘tkazildi. Ushbu bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov hamda Rossiya Hukumat raisi o‘rinbosari Dmitriy Kozak tomonidan imzolandi. 

Majlis doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi: 
- O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida tovar va transport vositalari harakati vaqtida bojxona operatsiyalarining soddalashtirilgan tartibda tashkillashtirish haqida bitim;
- Yuqori fitosanitariya xavfidagi meva-sabzovot mahsulotlarini yetkazishda fitosanitariya talablariga rioya qilish to‘g‘risida bayonnoma;
“Ohangaronsement” aksiyadorlik jamiyati bazasida  “O‘zqurilishmateriallar” hamda “YeVROTseMeNT GRUPP” aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida quruq usulda sement ishlab chiqarishning yangi texnologik liniyasini qurish bo‘yicha rejalar haqida bayonnoma.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid