Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat inspeksiyasi yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni imzolagan «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida keltirilgan.
Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar bo‘ladi:
- yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilishi ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
- qurilishi tugallangan yo‘l obektlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish;
- yo‘l qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish;
- yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish.
Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarorini qabul qilish haqida ko‘rsatma berilgan.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
18:01 / 06.09.2025
Vazirliklarga «yuqoridan» ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi
07:02 / 04.08.2025