Jahon | 13:19 / 16.02.2017
6248
2 daqiqa o‘qiladi

Asad: “Trampning maqsadi – mamlakatga terrorchilar kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik”

Foto: AFP

Suriya prezidenti Bashar Asad AQSh rahbari Donald Trampning bir qator mamlakatlardan qochqinlarni qabul qilib olishni cheklovchi farmoni suriyaliklarga qaratilmagan deb hisoblamaydi. 

"U G‘arbga kirib kelishi mumkin bo‘lgan terrorchilarga qarshi yo‘naltirilgan. Va bu ro‘y berib bo‘ldi. Bu Yevropada, asosan – Germaniyada ro‘y berdi", - deya ma'lum qildi Asad Fransiyaning Europe1 radiostansiyasiga bergan intervyusida.

Uning fikricha, "Trampning maqsadi – mamlakatga shunday kishilar kirib kelishini taqiqlashdir".

"Meni xavotirga solayotgan narsa – bu suriyaliklarni AQShga jo‘natib yuborish emas, balki Suriyaga qaytarish imkoniyatidir. Men ular boshqa mamlakatlarga ketayotganini ko‘rishdan xursand emasman. Men – ular Suriyaga qaytishni istashsa, bundan baxtli bo‘laman. Sababi suriyaliklarning aksariyati terrorchilik yoki g‘arb sanksiyalari tufayli ketmoqda", - dedi Asad.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "AQSh prezidenti va g‘arb mamlakatlaridan embargoni olib tashlash hamda terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashni bas qilish haqida so‘rashni" rejalashtirgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp "Mamlakatning xorijiy terrorchilar kirishidan himoyasi to‘g‘risida"gi farmonga imzo chekdi. U AQShga 90 kun davomida yetti mamlakat (Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan) fuqarolari kirishini taqiqladi, shuningdek barcha qochqinlarni qabul qilishni 120 kunga to‘xtatib qo‘ydi. Farmon AQShning o‘zida ham, jahonda ham katta tanqidlarga uchradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid