Jahon | 22:04 / 16.02.2017
5388
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonga qo‘shimcha moliyaviy yordam ko‘rsatadi

Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonda amalga oshiriluvchi loyihalarga agar yordam yetarlicha bo‘lmasa, ularni moliyalashtirishga tayyor. Bu haqda jurnalistlarga Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, Yevropa Qirg‘izistonda demokratik rivojlanish haq yo‘liga turgan, iqtisodiy rivojlanishda taraqqiyotga erishgan davlatni ko‘rmoqda.         

"O‘zaro hamkorlik faqatgina kuchaytiriladi. Bizga siyosiy qo‘llab-quvvatlov taqdim qilingan, investitsiyalar va grant ko‘magi yo‘li bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar rag‘batlantiriladi", deb aytgan Abdildayev.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonga 184 mln yevro ajratgandi. "Bu mablag‘lar Qirg‘izistonga zarur bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun ko‘paytirilishi mumkin. Biz 10 va 13 mln dollarlik ikkita kelishuv imzoladik. Birinchi transh Jalolobod viloyatiga taqdim qilindi. Bunday loyihalar bundan kam bo‘lmagan summalarda boshqa sohalarda ham amalga oshirilishi kerak", deb aytgan Abdildayev.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid