Jahon | 21:30 / 16.02.2017
17432
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Rossiya OAViga Trampni maqtashni taqiqladi

Rossiya davlat nashrlari va telekanallariga Kreml tomonidan AQShning yangi prezidenti Donald Tramp haqida ko‘p yozmaslik, uni maqtamaslik va u haqida yoritmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Bu haqda Bloomberg vaziyatdan xabardor 3 manbaga asoslangan holda xabar berdi.

Manbalardan birining yozishicha, prezident ma'muriyatidagilar bu qaror rossiyalik teletomoshabinlarning Tramp shaxsiga qiziqishini kamaytirish maqsadida qabul qilingani haqida aytishgan.

Bloomberg nashrining qayd etishicha, bu qaror Rossiyaning yuqori martabali amaldorlari tashvishiga sabab bo‘ldi. Ularning hisoblashicha, bu tufayli Tramp ma'muriyati endi avvalgidek do‘stona bo‘lmaydi.

Qayd etish kerakki, bu xabar AQSh prezidenti Rossiyadan Qrimni Ukrainaga qaytarishni kutayotgani haqida aytganidan keyin paydo bo‘ldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid