Norvegiya qiroli o‘g‘li foydasiga taxtdan voz kechmoqchi emasligini bildirdi
Norvegiya qiroli Xarald V Belgiya, Ispaniya va Niderlandiya qirollari kabi yo‘l tutmasligini, ya'ni o‘g‘li foydasiga taxtdan voz kechmoqchi emasligini aytdi. Qirol bu haqda Norvegiya telegraf byurosiga bergan intervyusida ma'lum qildi. U bu intervyuni yaqinlashib kelayotgan 80 yilligi munosabati bilan bergan.
Qirolning aytishicha, u agar valiahd shahzoda Xokon Magnus uni bunday qilishga ishontira olsa, taxtdan voz kechishi mumkin.
"Biroq bu vaqtga kelib, ehtimol, men nima bo‘layotganini tushunolmasam kerak", deb hazilolmuz javob bergan qirol.
Ayni vaqtda Xarald V farzandi unga muntazam yordam berishni taklif qilishiga qaramasdan, unga o‘zining marosimlar bo‘yicha majburiyatlarini ham topshirmoqchi emas.
"Bizning jamoada 4 kishi bor (qirolning o‘zi va qirolicha Sonya, Xokon Magnus va uning rafiqasi, malika Mette-Marit). Biz birgalikda ishlaymiz, tez-tez uchrashib, ko‘p narsalarni muhokama qilamiz. Bu formatni o‘zim joriy qilganman, bu narsa valiahd shahzoda bo‘lganimda menga yetishmagan", deb aytdi qirol.
Qirol ulug‘ yoshini 21 fevralda nishonlaydi. Qirolicha Sonya qiroldan 5 oyga kichik va u ham shu yili 4 iyulda 80 yilligini nishonlaydi. Qirolning aytishicha, u keksa yoshiga qaramasdan, o‘zini chol deb hisoblamaydi va u avval keksalik deb o‘ylagan 80 yosh u uchun hozirda faqatgina raqamlarni anglatadi.
Mavzuga oid
14:00 / 17.12.2024
Norvegiya Ukraina HDKga 230 mln yevrolik yordam o‘tkazadi
10:26 / 05.12.2024
Norvegiya neft jamg‘armasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun RF aktivlarini sotadi
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
12:00 / 21.11.2024