Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda prezidentlikka nomzodlarning umumiy natijasi 3 foizga ham yetmadi
Turkmaniston saylov va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidenti uchun 12 fevral kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarning yakuniy natijalarini e'lon qildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Turkmaniston markaziy saylov komissiya raisi Gulmurod Miradovning xabar berishicha, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 97,69 foizi mamlakatning amaldagi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni qo‘llab-quvvatlagan.
Berdimuhamedovning sakkiz nafar raqobatchisidan oziq-ovqat sanoati Davlat birlashmasi raisi o‘rinbosari Maqsad Annanepesov eng ko‘p ovozlarni qo‘lga kiritdi – 1,02 foiz. Saylovchilarning eng kam ovozini esa Agrar partiyaning Mariy viloyati qo‘mitasi rahbari Durdiqiliq Orazov egalladi – 0,06 foiz.
Prezident lavozimi uchun da'vogar bo‘lganlar nomzodlarning umumiy natijasi esa saylovchilarning 2,3 foiz ovoziga ega bo‘ldi.
Miradovning so‘zlariga ko‘ra, markaziy saylov komissiyasi Turkmaniston saylov kodeksining 76-moddasiga ko‘ra saylovchilarning eng ko‘p ovozini qo‘lga kiritgan nomzod Gurbanguli Malikquliyevich Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti etib saylangan, deb tan olinganini ma'lum qildi.
O‘z navbatida, Berdimuhamedov nomzodini qo‘llab-quvvatlagan fuqarolarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
"Saylov natijalari besh yil avvalgi ko‘rsatkichdan ancha yuqori ekani quvonarli. Bu o‘tgan besh yillik davrda katta muvaffaqiyatlarga erishilganidan, shuningdek mamlakatda barchasi xalq manfaatini himoya qilish uchun qilinayotganidan darak beradi", - dedi davlat rahbari.
2016 yilning 14 sentabr kuni qabul qilingan Turkmaniston yangi konstitutsiyasiga ko‘ra Gurbanguli Berdimuhamedov 7 yilga prezident etib saylandi. U avval davlat rahbari lavozimiga ikki bor besh yillik muddatga saylangandi. O‘tgan prezidentlik saylovlarida Berdimuhamedov saylovchilarning 97,14 foiz ovozini qo‘lga kiritib, g‘alaba qozongan.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026