Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Afg‘oniston bilan chegaradagi asosiy yo‘lni yopib qo‘ydi
Pokiston hukumati "Torham" nazorat-o‘tkazish punkti hududidagi Afg‘onistonga olib o‘tuvchi yo‘lni yopib qo‘ydi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi qatnovlar amalga oshiriladigan asosiy yo‘l hisoblanadi.

"Pokiston-Afg‘oniston chegarasi xavfsizlik choralari doirasida yopildi," - deya tasdiqlagan Pokiston armiyasi matbuot xizmati rahbari, general-mayor Asif G‘ofur.
The Express Tribune ma'lumotiga ko‘ra, bu qaror mamlakat rahbariyati va harbiy qo‘mondonlik vakillarining oliy darajadagi shoshilinch yig‘ilishida qabul qilingan.
Bu yig‘ilish 16 fevral oqshomida Sind viloyati hududidagi so‘fiylar maqbarasi hududida sodir etilib, 74 kishining o‘limi va 300dan ortiq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan teraktdan keyin chaqirilgandi.
Ushbu teraktdan keyin Pokiston armiyasi shtabi boshlig‘i general Kamar Javod Badjva rasmiy Islomobod mamlakatdagi terror to‘lqiniga qarshi qat'iy choralar ko‘rilishini ma'lum qildi. Pokiston tomoni bu terakt uchun javobgarlikni Afg‘oniston hududidan kelgan terrorchilar zimmasiga yuklamoqda.
"Torham" nazorat-o‘tkazuv punktidagi yo‘l 2016 yilning avgustida ta'mirlash ishlari yakunlangach qaytadan ochilgandi. Bu yo‘ldan har kuni 20 mingga yaqin kishi va yuzlab transport vositalari o‘tadi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026