Jahon | 20:56 / 18.02.2017
27209
3 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev 2010 yilda insonlar qurbon bo‘lishida Qozog‘istonni aybladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Bryusselga tashrifi vaqtida Euronews telekanaliga bergan intervyusida uning mamlakati qo‘shni davlatlar bilan savdo qilishi zarurligini aytdi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Rossiya manfaatlarini hisobga olishi haqidagi fikrga izoh berdi.     

Telekanal jurnalisti Atamboyevdan "Siz bu ittifoq ko‘proq Rossiya manfaatlarini aks ettirishi va Lukashenko aytgandek, Belarusda yuz bergandek, Qirg‘iziston ham nafsiz vaziyatda qolishi mumkin, deb hisoblaysizmi?" deb so‘radi.

Atamboyevning aytishicha, "mamlakat kimdir bilan savdo qilishi, qo‘shnilar bilan ishlashi lozim". Uning ta'kidlashicha, agar Qirg‘iziston YeOIIga kirmaganda, respublika blokadada qolishi mumkin edi.

"2010 yilda Qozog‘iston bizga 1,5 oylik blokada uyushtirgan, bizda hattoki qurbonlar ham bo‘lgan. Shunday bo‘lgan, chunki blokada – yomon narsa. Bizga qayergadir kirish uchun muqobil tashkilot taklif qila olishadimi? Nima, Afg‘onistongami? Iltimos, biz bugunoq Yevropa Ittifoqiga kirishga tayyormiz. Men buni taklif qilganman, biroq menga bizda umumiy chegaralar yo‘qligini ochiqchasiga aytishgan. Unda bizga nima taklif qila olasiz? Bizda 6 mln kishi bor. Yakkalanib, junglilardek yashashimiz kerakmi? Biz rivojlanishimiz kerak, bizga bozor kerak", deb aytgan Atamboyev.  

Jurnalist Atamboyevning YeOII birinchi navbatda Rossiya manfaatlarini aks ettirishi borasidagi fikrini so‘radi. 

"Men bilmayman, Balki Rossiya yoki uning rahbarlari shunday istagandirlar. Biroq bugunda bu ittifoq foydalidir, misol uchun Qirg‘izistonga. Nimaga? Misol keltiraman. Rossiyada bizning yarim millionga yaqin mehnat muhojirlarimiz yashaydi, bu insonlar mustaqillik yillarida turli sabablarga ko‘ra u yerga ko‘chib ketganlar. Ba'zilar u yerda 20-30 yildan beri yashamoqdalar. YeOIIga kirganimizdan keyin ularda juda bo‘lmasa huquqlar paydo bo‘ldi. Avval ular u yerda qullardek bo‘lganlar. Endi esa ularda huquqlar mavjud. Ular ishga kira oladilar", deb javob berdi Qirg‘iziston prezidenti. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid