Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada poyezd izlardan chiqib ketishi oqibatida jabrlanganlar bo‘ldi
Belgiyada poyezd temir yo‘l izlaridan chiqib ketishi oqibatida 20 ga yaqin odam jarohat oldi, deb xabar bermoqda Derriere Heure nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 18 fevralda mahalliy soat 13.34da Belgiyaning markaziy qismida yuz bergan. Belgiya temir yo‘llari operatori bo‘lgan Infrabel kompaniyasining ma'lum qilishicha, "poyezd Lyuven vokzalidan chiqishda izlardan chiqib ketib, yonboshga ag‘darilgan". Tarkib Fransiya chegarasidagi De-Panne kommunasiga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Ayni vaqtda jabrlanganlar ahvoli haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.
Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishlardagi harakat to‘xtatilgan. Voqea sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
08:41 / 05.06.2026
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
08:39 / 28.05.2026
Bryusselda o‘zbekistonlik fuqaroning hayoti saqlab qolindi
14:15 / 01.04.2026