NASA: XKS fazoda xitoy karamining ilk hosilini yig‘ib oldi

Foto: © NASA
Xalqaro kosmik stansiyasi ekipaji xitoy karamining ilk hosilini yig‘ib oldi, deb xabar qildi AQShning NASA agentligi. Bir necha barglarga ega oltita karamdan iborat hosilni bort-injyener Peggi Uitson yig‘ib olgan. U fazoga yetib kelishi bilan boshqa vazifalari qatori «dehqonchilik» bilan ham shug‘ullana boshlagan edi. NASAga ko‘ra, ekipaj o‘simlikdan tatib ko‘radi, ammo hosilning katta qismi Yerga yuboriladi.
Tokyo Bekana navli karam urug‘i 2016 yil aprel oyida XKSga olib kelingan edi. Dastlab, olti dona urug‘ning hech biri o‘smagan, bunga namlikning yetarli bo‘lmagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Loyiha rahbarining aytishicha, Uitson kelgach vaziyat o‘zgargan.
Gravitatsiya sharoitida sabzavotlar yetishtirish loyihasi kelgusida ekipaj a'zolarining taomlari qatorini kengaytirish hamda uzoq davom etadigan muqobil parvozlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilmoqda. NASAning qayd etishicha, bu turli sabzavotlardan yig‘ilgan beshinchi hosildir.
Mavzuga oid

00:20 / 02.05.2025
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi

19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda

17:05 / 16.03.2025
SpaceX kemasi XKSga muvaffaqiyatli ulandi

02:02 / 31.01.2025