Sport | 21:14 / 19.02.2017
9140
1 daqiqa o‘qiladi

Angliya kubogi. «Tottenhem» London derbisida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Angliya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. Ikki London jamoalari to‘qnashuvida APL vakilining qo‘li baland keldi.

«Tottenhem»ni sardor sifatida maydonga olib tushgan hujumchi Harri Keyn het trik muallifi bo‘ldi va jamoasini chorak finalga olib chiqdi.

Angliya kubogi, 1/8 final

Fulhem – Tottenhem 0:3 (0:1)
Gollar: Keyn (16, 51, 73).
Fulhem: Bettinelli, Kalas, Meloun, Odoi, Rim, Makdonald (Parker, 74), Yuxansen, Kerni, Kebano, Ayite (Sessenon, 56), Aluko (Goi-Bi, 66).
Tottenhem: Vorm, Alderveyreld, Devis, Tripper, Vertongen, Uinks (Dembele, 79), Vanyama, Alli (Onoma, 86), Eriksen, Keyn (Sissoko, 75), Son Xyong Min.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid