Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi yangi masjidga dunyodagi eng katta qubba o‘rnatildi
Foto: DHA
Balandligi - 7,77 metr, og‘irligi 4,5 tonna bo‘lgan dunyodagi eng yirik qubba 18 fevral kuni Istanbul shahridagi yangi Çamlıca masjidiga o‘rnatildi. Bu haqida DailySabah nashri xabar berdi.
Zanglamas po‘latdan ishlangan nanotexnologiya muhandislik mahsuli bo‘lgan qubba turk firmasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, maxsus jarayon yordamida tillarangga aylantirildi.
Rasmiylarning ma'lumotiga ko‘ra, Turkiyadagi eng katta masjid 60 000 kishini o‘ziga sig‘dira oladi.
Manbaga ko‘ra, qurilish maydonida umumiy hisobda 700 kishi mehnat qilmoqda. Loyiha 2017 yilda tugallanadi.
Kutubxona, turk islom san'ati muzeyi, seminar va konferensiyalar zalini ham o‘z ichiga olgan inshoot loyihasi ikki ayol-me'mor - Bahor Mizrak va Xayriya Gula Totu tomonidan ishlab chiqilgan. Uning byudjyeti 150 million turk lirasi (41,3 million dollar)ni tashkil qiladi.
Masjid minoralari balandligi 107,1 metrdan iborat - bu Madinadagi masjiddan ham baland demakdir.
Mavzuga oid
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
20:34 / 09.03.2026