Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin AQSh-Janubiy Koreya raketalarga qarshi mudofaa tizimini tanqid qildi
Foto: Reuters
Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanida Xitoy vakillari Janubiy Koreyada Shimoliy Koreyaning tahdidlaridan himoyalanish uchun AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilishini tanqid qildilar. Pekin buni "do‘stlarga pichoq sanchish"ga qiyosladi.
Xitoy Janubiy Koreyaning Shimoliy Koreyaning raketa tahdidlaridan himoyalanish istagini tushunishini aytdi, biroq Seulni Pekinning xavotirini ham hurmat qilishga chaqirdi. Xitoy Koreya yarimorolida AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimi THAAD joylashtirilishiga qarshi chiqmoqda.
Xitoy RQM tizimining kuchli radari uning hududini ham kuzatishidan xavotirlanmoqda, shuning uchun Pekin RQM tizimining Janubiy Koreyada joylashtirilishiga qarshilik bildirmoqda.
Xitoy bayonotida aytilishicha, "bir davlat xavfsizligi boshqa davlat xavfsizligiga putur yetkazilishi hisobiga ta'minlanishi kerak emas". "Xitoy Janubiy Koreya o‘z xavfsizligini himoyalashi zarurligini anglamoqda va shu bilan birga Janubiy Koreya Xitoyning pozitsiyasini hisobga olishi kerak", deb aytdi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I.
Xitoyning yana bir vakili Fu In Xitoy "Vashingtonning Janubiy Koreyada RQM tizimini joylashtirish qarorini tushuna olmasligini" ta'kidlab o‘tdi. "Bu do‘stlarimiz tomondan pichoq sanchishga o‘xshaydi", deb aytgan Fu In va bu tizim istalgan holatda Janubiy Koreya xavfsizligini oshirishga olib kelmasligini aytdi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.01.2026
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
22:44 / 23.01.2026
«Bosh reja bor, "B" reja yo‘q» – AQShning Yangi G‘azo rejasi tafsilotlari
22:37 / 23.01.2026
AQSh rasman JSST tarkibidan chiqdi
19:00 / 23.01.2026