Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Lukashenkoga ShHT sammitida ishtirok etishni taklif qildi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qilib, uni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda Nazarboyev matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Nazarboyev va Lukashenko muloqot chog‘ida "ikki tomonlama hamkorlikning eng dolzarb mavzularini muhokama qilishgan", Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining joriy faoliyati va keyingi rivojlanishi masalalari bo‘yicha fikrlar almashishgan.
"Ikki davlat yetakchilari bo‘lib o‘tajak uchrashuvlar jadvalini ko‘rib chiqishdi. Jumladan, Qozog‘iston prezidenti Belarus prezidentiga ShHT sammiti va Ostonadagi "EKSPO-2017" xalqaro ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etishni taklif qildi", deb aytildi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ShHTning navbatdagi sammiti 7-8 iyunda Ostonada bo‘lib o‘tadi. "EKSPO-2017" ko‘rgazmasi esa 10 iyundan 10 sentabrgacha 3 oy davomida faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026