Jahon | 10:53 / 20.02.2017
6462
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Shvetsiyadagi muammolar haqidagi so‘zlariga tushuntirish berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Melburn shahrida (Florida shtati) so‘zlagan nutqida Shvetsiyada muhojirlar bilan bog‘liq muammolarni eslatganda nimani nazarda tutganini tushuntirdi. U bu haqda tvitterda yozdi.  

"Shvetsiyada nima sodir bo‘layotgani haqidagi so‘zlarim u yerdagi muhojirlar mavzusi ko‘tarilgan, Fox News’da ko‘rsatilgan ko‘rsatuvga havola edi", deb yozgan Tramp.

Avvalroq Stokgolm AQSh rahbariyatidan Trampning Shvetsiya muhojirlar sababli 17 fevralda muammolarga duch kelgani haqidagi so‘zlariga tushuntirish berishni so‘ragan.

"Bir ko‘ring, Shvetsiyada kecha nima sodir bo‘ldi. Shvetsiyada-ya, kim ham o‘ylardi? Kim ham bunga ishonardi. Shvetsiya katta miqdorda muhojirlarni qabul qildi va unda iloji yo‘q deb tasavvur qilingan muammolar paydo bo‘ldi", deb aytdi Tramp.

Tramp shuningdek AQSh "g‘araz niyatli odamlarga muhtoj emasligini" aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid