19:26 / 21.02.2017
11167

Bryusselda AQShga yana bir shtatni qo‘shib qo‘yishdi

Foto: AP

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens va Yevropa kengashi rahbari Donald Tuskning dushanba kungi uchrashuvi paytida har ikki tomonga AQSh va Yevropa Ittifoqi bayroqlari hamrohlik qildi. Biroq Amerika davlat timsoli bu safar ba'zi bir o‘zgarishlar bilan ajralib turdi: siyosatchilar ortidagi ekranda 50ta yulduz o‘rniga 51ta oq yulduzni ko‘rish mumkin edi.

Amerika bayrog‘idagi har bir yulduz mamlakatdagi 50ta shtatdan darak beradi, odatda ular olti yulduzdan iborat besh qator hamda besh yulduzli to‘rt qatorni tashkil etadi. Bayroqning Bryusseldagi nusxasi esa to‘qqiz yulduzdan iborat uch qator va sakkiz yulduzli uch qatordan iborat bo‘lgan.

Shu bilan bir qatorda, Amerika bayrog‘ida Britaniya mustamlakalaridan darak beruvchi chiziqlar soni to‘g‘ri bo‘lgan – 13ta. YeI bayrog‘i esa hech qanday xatolarsiz bo‘lgan, unda aylana bo‘ylab 12ta oltin yulduz joylashtirilgan.

“Assoshieyted Press” agentligining ta'kidlashicha, Yevropa kengashi hozircha bu holat yuzasidan hech qanday izoh bermadi.

Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker AQSh vitse-prezidentiga Yevropani  o‘zining ilk xorijiy tashrifi uchun joy sifatida tanlaganiga minnatdorlik bildirgandi.

Top