10:39 / 21.02.2017
27354

Hindistonlik o‘smir o‘z dafn marosimiga olib ketishayotganida “tirildi”

Hindistonning Karnataka shtatining Dxarvad shahrida yashovchi o‘n yetti yoshli fuqaro o‘z dafn marosimiga olib ketishayotganda hushiga keldi, deb yozmoqda Times of India gazetasi.

Yigitning ota-onasi uni bir oy avval boshpanasiz it tishlab olgani, shundan so‘ng u bir necha hafta yuqori tana haroratidan aziyat chekkanini xabar berishdi. Uning ahvoli yomonlashgach, kasalxonaga olib borishgan.

Kasalxonada o‘smirni jonlantirish bo‘limiga yotqizishdi. Tibbiyot xodimlari u hayot bilan ta'minlash qurilmasisiz omon qolmasligini xabar qilishgan, biroq yaqinlari murakkab moddiy holat tufayli davolash muolajalarini to‘xtatishga qaror qilishdi hamda o‘g‘illarini uyga olib ketishgan. U bir qancha vaqtdan so‘ng olamdan o‘tgandek tasavvur uyg‘otgan hamda ota-onasi uni hayotdan ko‘z yumdi, deb o‘ylashgan.

Belgilangan kunda motam marosimi o‘tishi kerak bo‘lgan qishloqqa qarab yo‘l olishadi. U yerga yetishga taxminan ikki kilometr qolganida o‘smir hushiga kelib, og‘ir nafas ola boshlagan va qo‘l hamda oyoqlarini qimirlatgan.

Shifokorlarning ma'lumotiga ko‘ra, u ayni damda meningoensefalit tashxisi bilan kasalxonaga joylashtirilgan.

 

 

Top