Tramp AQShga muhojirlar qabul qilinishi borasida yon berishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp ta'kidlab o‘tdiki, mamlakatga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan xorijliklar mamlakat chegaralaridan o‘tkazilmasligi kerak. U NBC telekompaniyasi muxbiriga bergan intervyusida shu haqda gapirgan.
"Biz birinchi navbatda mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlashimiz kerak. Biz bu davlatni yomon ko‘ruvchilarni emas, bu mamlakatni sevguvchilarni o‘z hududimizga kiritishimiz kerak", degan Oq uy rahbari.
U mamlakatga xorijliklar kiritilishiga qo‘yilgan taqiq bo‘yicha yon berishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.
"Biz mamlakatimiz haqida ijobiy fikrda bo‘lganlarni kiritishimiz mumkin", degan Tramp.
U Vashingtondagi afroamerikaliklar tarixi va madaniyati muzeyiga tashrifi davomida irqchilik, antisemitizm va millatchilik muammolari xususida to‘xtalib, ularni "dahshatli illatlar" deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp yanvar oyi oxirida mamlakatga suriyalik qochqinlar kirishini taqiqlaydigan, qochqinlarni ko‘chirib kiritishni to‘rt oyga to‘xtatib turadigan, shuningdek, Eron, Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Liviyadan iborat yettita musulmon mamlakatlari fuqarolarining AQShga kirishini 90 kunga taqiqlaydigan farmonni imzolagan edi. Ayni paytda farmon apellyatsiya sudi qaroriga ko‘ra vaqtinchalik amal qilmayapti.
O‘tgan haftada Tramp immigratsiyani cheklash haqida yangi farmon imzolashga qaror qilgani haqida xabar berildi.
Mavzuga oid
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024